Birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling.Oxirgi bo‘lib emas.

Noib — kompaniyangizdagi sun’iy intellektga asoslangan noibingiz. U bo‘limlarda nimalar bo‘layotganini kuzatadi, muhim og‘ishlarni payqaydi va sizga faktlar hamda harakat taklifi bilan murojaat qiladi. Siz qaror qabul qilasiz — Noib uning bajarilishini muvofiqlashtiradi.

Vazifalaringiz, jarayonlaringiz va tizimlaringizdan boshlaymiz.

Hisob
CRM
Ombor
Bank
Ishlab chiqarish
Hujjatlar
Noib
Shaxsan sizga
Ombor · me’yordan og‘ish

400 ta kurtka 45 kundan beri sotilmayapti

Mablag‘ zaxirada turibdi. Noib marja va sotuv aksiyasi variantlarini tekshirmoqda.

Qaror — sizniki
Noib ishini tushuntiruvchi misol

Noib ortida — biznes bilan ishlash tajribasi

Noibni yaratayotgan azimai.uz jamoasi ishlagan kompaniyalar

Joriy etish tajribasi
Smartup
adamari
Smart World
vinch
ridenear
Turkish Baby
pitaka
ecobozor
scandi home
mazami
jonon chicken
rollmaster
gigu
casyphone
razgruzki
bomond
Lublin
cool7cases
marigroup
turkish village
business woman

Bitta qaror.
Butun jamoa harakatda.

Dastlabki signaldan natijagacha bo‘lgan jarayonni ko‘ring. Faktlarni tekshiring. Qaror qabul qiling. Noib keyin nima qilishini kuzating.

Sizning NoibingizTelegramda bitta suhbatdosh
Interaktiv misol
    6 bosqichdan 1-si

    Tushuntiruvchi ssenariylar. Holatlar, raqamlar va natijalar Noib ishini tushuntiradi. Tugmalar faqat shu misolni boshqaradi.

    Muhim holat aniqlandi.
    Qaror amalga oshirildi.

    Noib imkoniyatlari

    Muammodan ertaroq xabar topish

    Qarzdorlik o‘smoqda, bitim to‘xtab qoldi, mijoz javob kutmoqda. Noib kelishilgan yo‘nalishlarni tekshirib, e’tibor talab qiladigan holatlarni faktlar va mas’ul bilan ko‘rsatadi.

    Raqamlar ortida nima borligini tushunish

    Savdo pasayishining o‘zi sababni tushuntirmaydi. Noib nuqtalar, tovarlar va ish tarixini solishtiradi — jamoa bilan aniq faktlar asosida gaplashishingiz uchun.

    Kunni eng muhimidan boshlash

    Nima o‘zgardi, qaysi majburiyatlar ochiq va qayerda qaroringiz kerak. Qisqa xulosa ishga asos bo‘ladi; zarur bo‘lsa, batafsil tahlil so‘rashingiz mumkin.

    Yagona nuqta orqali topshiriq berish

    Noibga boshqaruv vazifasini qo‘yasiz. Tegishli agentlar o‘z qismini yig‘adi, Noib esa ularni umumiy javob va keyingi qadamga birlashtiradi.

    Natija tasdig‘ini ko‘rish

    Chatdagi «Bajarildi» tizimda ham o‘zgarish bo‘ldi degani emas. Noib mavjud ma’lumotlarga qaytib, topshiriq haqiqatan bajarilganini tekshirishga yordam beradi.

    Har safar boshidan boshlamaslik

    Kelishilgan qoidalar, qarorlar va va’dalar ish kontekstida qoladi. Keyingi o‘xshash vaziyatni jamoa oldingi tajribani hisobga olib ko‘rib chiqadi.

    Sizning vositalaringiz.
    Endi Noib bilan birga ishlaydi.

    Jamoangiz hozir foydalanayotgan vositalardan boshlaymiz. Noib hisob, CRM va yozishma ma’lumotlarini boshqaruv vazifasi atrofida bog‘laydi.

    Barcha integratsiyalar

    Bugun ishlaydi.
    Ertaga ham siz bilan qoladi.

    Noib kompaniyangiz tajribasini hisobga oladi, qoidalaringiz bo‘yicha ishlaydi va biznes bilan birga rivojlanadi.

    Qarorlaringizni eslab qoladi

    Qoidalar, kelishuvlar va ish tarixi keyingi vazifalarda hisobga olish uchun saqlanadi.

    Tizim ortida jamoa bor

    Agentlar va ulanishlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, nosozliklarni ko‘rib chiqamiz va tizimni yangi vazifalarga mos rivojlantiramiz.

    Chegaralarni siz belgilaysiz

    Ma’lumotlarni o‘qishdan boshlaymiz. Harakat ruxsatlari, ma’lumot doirasi va joylashtirish muhitini siz bilan kelishamiz.

    Mahsulot ortida —
    joriy etish tajribasi.

    Barcha misollar
    «U xodimlarni boshqarishga — ayniqsa moliya bo‘limi va rahbarlar ishini nazorat qilishga yordam beradi».
    Otabek Fatxullayev Turkish Baby, Toshkent · azimai.uz jamoasi agenti haqida

    Siz uchun
    muhimidan boshlaymiz.

    Bitta bo‘lim, sizning ma’lumotlaringiz va baholanadigan natija. Keyin — navbatdagi qadam.

    Dastlabki tahlil

    Umumiy manzarani ko‘rish

    Kompaniya tizimlari va ish ritmini o‘rganamiz. Ma’lumot olish imkonini tekshiramiz, me’yorlarni belgilaymiz va birinchi foydali signalni izlaymiz.

    Sinov

    Amalda tekshirish

    Bitta bo‘limni ulaymiz. Og‘ishlardan qanchalik ertaroq xabar topayotganingizni va qanday qarorlar qabul qilayotganingizni baholaymiz.

    Kengaytirish

    Nazoratni kengaytirish

    Natijadan keyin bo‘limlar va rollarni qo‘shamiz. Qoidalaringiz va Noib bilan yagona muloqot nuqtasini saqlaymiz.

    Birinchi
    «ulaymiz»dan oldin.

    Biznes egalari odatda nimalarni aniqlashtirmoqchi bo‘ladi.

    Noib bilan qayerda gaplashaman?

    Telegramda — matn yoki ovoz orqali, o‘zbekcha yoki ruscha. Suhbatdoshingiz bitta: Noib agentlar javoblarini jamlab, umumiy manzara bilan qaytadi.

    Hisob tizimini almashtirish kerakmi?

    Hozirgi tizimlaringizdan boshlaymiz. Dastlabki tahlilda hisob, CRM va boshqa servislarda qaysi ma’lumotlar mavjudligini tekshiramiz. Sinov uchun foydani tekshirish mumkin bo‘lgan bitta jarayonni tanlaymiz.

    Noib xato qilsa-chi?

    Signalning tekshiriladigan manbalari bo‘lishi kerak. Ma’lumot yetishmasa, Noib buni aytishi kerak. Chegaralar va ruxsatlarni siz bilan kelishamiz; muhim harakatlar qaroringizni talab qiladi.

    Ruxsatlar va ma’lumotlarni kim boshqaradi?

    Ruxsatlar tarkibi, ma’lumotlarni saqlash joyi va mumkin bo‘lgan harakatlarni ulanishdan oldin siz bilan belgilaymiz. O‘qishdan boshlaymiz. Qo‘llab-quvvatlovchi mutaxassis ulanishlar va tizim ishini saqlashga yordam beradi.

    Joriy etish qancha vaqt oladi?

    Muddat ma’lumotlar mavjudligi va tanlangan jarayonga bog‘liq. Dastlabki tahlildan keyin sinov hajmi, muddatlar va natija mezonlarini kelishamiz. Keyin qaysi bo‘limlarni ulashni hal qilamiz.

    Noib kompaniyam haqida nimalarni eslab qoladi?

    Kelishilgan me’yorlar, qabul qilingan qarorlar va ish qoidalarini. Masalan, qarzdorlik holatidan keyin — to‘lovni kechiktirishga kim rozilik berishi mumkinligini. Xotira keyingi o‘xshash vaziyatda avvalgi tajribani hisobga olishga yordam beradi.

    Ish nimadan boshlanadi va nima to‘lanadi?

    Birinchi suhbat — bepul. Jarayonlarni o‘rganish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlashni alohida kelishamiz. Ish boshlanishidan oldin tarkib, qabul mezonlari, AI-servislar va infratuzilma xarajatlarini belgilaymiz.

    Ishga tushgandan keyin kim yordam beradi?

    Care tarkibiga yangilanishlar, xatolarni tuzatish, ustuvor yordam va kelishilgan rollar doirasidagi tuzatishlar kiradi. Ish qabul qilingan kundan birinchi oy — bepul. Keyingi qo‘llab-quvvatlash narxini ishga tushirishdan oldin kelishamiz.

    Muhim xabarlar
    sizga birinchi bo‘lib kelsin.

    Vazifangiz haqidagi birinchi suhbat — bepul. Foydali natijani ma’lumotlaringizda tekshirish mumkin bo‘lgan jarayonni tanlaymiz.

    Dastlabki tahlilni muhokama qilish

    Jamoa bilan shaxsiy suhbat · O‘zbekcha yoki ruscha